Kelinning ustidagi haqqi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, oilada ayol kishiga kimning haqqi ko‘proq? Ya’ni u ayol oilali bo‘lsa, eriningmi yoki qayniota va qaynonanimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelinning zimmasida erning haqqi bor. Qaynota va qaynonaning shar’an hech qanday haqqi yo‘q. Turmush o‘rtog‘ining ota-onasi sifatida ularga chiroyli muomala qilish tavsiya qilingan. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar