80 yoshga kirsa gunohlari to‘kiladimi?

Assalomu alaykum!  Ba’zi odamlardan inson 80 yoshga kirsa gunoxlari to‘kilib xuddi chaqaloqdek pok bo‘lib qoladi degan gaplarni eshitdim.  Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nobulusiy hafizahulloh o‘zlarining “Asma ul husna”ga qilgan sharhlarida bir hadisi qudsiyni keltiradilar. Unda: “70 yoshga kirganlarni yaxshi ko‘raman, 80 yoshga kirgan(so‘ragan narsasini bermaslik)dan hayo qilaman” deyilgan. Albatta bu Alloh taoloning farzlarini ado qilgan, tavbasi o‘z o‘rnida, zikr va istig‘forda bo‘lgan kishilarga tegishlidir. 80ga kirib na namozni na ro‘zani va na tavbani qilmagan inson to‘ng‘izdanda nopok bo‘ladi. Xalqimiz bekorga “80ga kiribsan misli sak(it)san” deb bekorga aytmagan. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar