Namozda ko‘z yumilib ketaversa

Assalamu alaykum! Taroveh namozida qiyomda turgan paytimda charchaganimdanmi ko‘zim ilinib ketaverdi. Nima qilarimni bilmasdan burundan nafas olib iloji boricha ko‘proq ushlab sergaklikni yo‘qotmaslikka harakat qildim. Foyda berdi lekin bu joizmi yo‘qmi degan savolim paydo bo‘ldi. Bu qilgan ishim shariatimiz hukmlariga, odoblariga to‘g‘ri keladimi? Hozir ramazon oyida masjidlarda taroveh namozlari o‘qishga borib shu muammoga duch kelayotgan birodarlarimizga shuni maslahat bersak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar