Ayollar uchun ishlash
Assalomu alaykum! Hurmatli Islom.uz ma’muriyati. Juda ko‘p savollarimga telegramda berib turiladigan "Zikr ahlidan so‘rang" ruknidan javob olganman. O‘zim Toshkent Tibbiyot Akademiyasi magistratura talabasiman. Uylanishga uydagilar qiz qidirishyapti. Kattalar aytishardi: "Agar o‘zingni sohangdan (tibbiyotdan) jufti halolingni olsang, bir-biringlarni tushunib yashashinglar oson bo‘ladi." Lekin rahmatli otam onamni ishlattirmaganlar (onam akusher-ginekolog bo‘lganlar), chunki ayol kishining topgan puli ro‘zg‘orga kirsa, keyinchalik har xil mojaro va farzandlarning jur’atsiz bo‘lib etilishiga sabab bo‘lishi mumkin degan ekanlar. 1-savolim: Ayol kishining topgan puli ro‘zg‘or uchun xarom yoki makruh bo‘ladimi? 2-savolim: Agar xarom yoki makruh bo‘lsa, tibbiyotda 8-yil o‘qigan qizni olib, uni ishlatmagandan ko‘ra, uyda o‘tirib islomiy ilmni olgan qizni olganim ma’qulmi? Bu xolatda bir-birini tushinishda muammolar bo‘lmasmikin? Javob uchun oldindan rahmat. Savol turini umumiy qilib belgiladim, agar keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga bu savol javobi bilan chiqarilsa, menimcha ko‘pchilikning hidoyatiga sabab bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Harom ham emas, makruh ham emas.
2). Ayolni oling, alohida klinika ochib bo‘lsa ham xalqqa manfaatingiz etsin. Namozxon talaba shifokorlar ham bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Harom ham emas, makruh ham emas.
2). Ayolni oling, alohida klinika ochib bo‘lsa ham xalqqa manfaatingiz etsin. Namozxon talaba shifokorlar ham bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush