Maslahatingizga muhtojmiz

Assalomu alaykum rahmatullohu va baraukotuhu Hazrat! Allohdan Sizga uzoq umr va mustahkam sog‘liq tilayman! Barcha musulmonlar baxtiga sog‘-omon yuring!Ustoz bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim ruxsatingiz bilan:Bir odam ayoli bilan urushib qoldi va ayol uyiga ketib qoldi. O‘rtada farzand bor. Bu urushning asosiy sababi o‘sha odamning noo‘rin rashki va qo‘pol muomalalari bo‘lgan (eng yomoni, o‘sha odam harom ichimliklarni iste’mol qiladi) , va o‘z navbatida ayolning odnoklassnik degan ijtimoiy tarmoqqa kirib o‘zining kursdoshlari (yigitlar ham) bilan gaplashib turishi bo‘lgan. O‘sha odam bu yozishmalarni ko‘rib qolgan va ayolini urushgan, natijada xotini ketib qolgan. Ayol 1 oydan ko‘proq vaqt uyida yuribdi, o‘z hohishi bilan ajrashish niyati bor. Bu odam qaynonasiga ayolining o‘sha tarmoqda gaplashganini aytgan, qaynonasi esa nima qipti gaplashsa, yomon ish qilmasa bo‘ldida - debdi. Hozir ahvol eng nozik nuqtasida turibdi, oila ajrashib ketishi mumkin. Ustoz mana shu vaziyatda nima qilish kerak? Nima bo‘lsa ham oilani saqlab qolish kerakmi (ya’ni, u ayol ijtimoiy saytlarda gaplashib turishini ham kechirib, keyinchalik tushuntirishlarni yo‘lga qo‘yib bunaqa noma’qul ishlarni qildirmaslik sharti bilan) yoki ajrashish to‘g‘ri bo‘ladimi? Ustoz savolim bilan Sizni bezovta qilganim uchun uzr so‘rayman. Assalomu alaykum rahmatullohu va baraukotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oilani saqlash kerak. Tarmoqqa kirmaslik choralarini ko‘rish kerak.

6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar