Ro‘zada junublik
Assalomu alaykum! Ertalab ehtilom bo‘lib uyg‘ondim. Saharlik vaqti tugaguncha g‘usl qilib ulgurolmasam kerak deb, g‘usl qilmoqchiman deb niyat qilib og‘iz va burnimni yaxshilab yuvdim. Keyin saharlik qilib bo‘lib faqat cho‘mildim(og‘iz va burnimni yuvmasdan). Cho‘milib chiqqanimdan keyin tahoratni sindiradigan ish qilmadim. Shu bilan namozimni o‘qidim keyin. To‘g‘ri ish qildimmi yoki namoz o‘qishim uchun yana tahorat ham olishim kerakmidi? Og‘iz chayganimdan keyin tahorat sindiradigan ishlar qilgandim lekin shunga ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl qilayotganda tahoratning sunnati tark bo‘libdi. Ammo farz o‘rinlarga suv etib borgani uchun tahoratli bo‘lgansiz. Namozingiz durust. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za