Mazlumning jur’ati

Assalomu alaykum! Mazlum zolimdan qo‘rqsa ya’ni unga hatto gapirishga ham jur’ati etmasa nima qilmogi lozim? Allohdan jasorat so‘rash mumkinmi? Qo‘rqoqlikni qanday qilib yo‘q qilish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mazlum dardini, shikoyatini Robbisiga qiladi. Bechorahol va nochor mazlum bo‘lsa, Allohga sig‘inadi, Undan yordam so‘raydi va duoda bo‘ladi. Zolimning zulmi bo‘lsa, mazlumning intiqom oluvchi Xoliqi bor. “Laa havla valaa quvvata illaa billaahil a’liyyil aziym”ni ko‘proq o‘qisin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 142 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar