Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi ziddiyat
Assalomu alaykum! Bizning qarindoshlar ichida nomahramlar o‘pib, quchoqlab ko‘rishish odatga aylangan. Dinimni o‘rganayotib, bu ishlar joiz emasligini bilgan holda, bunday qilishni to‘xtatdim (oilamning ham xabari bor edi). Yaqinda dadamning ammasi men bilan "yuqoridagidek" ko‘rishmoqchi bo‘lgan payt biroz o‘zimni olib qochdim. Shu ishim sabab juda katta janjalga sabab bo‘ldim. Dadam meni va dinimni shunday so‘zlar bilan so‘kdiki, hattoki, kofir bo‘lib qolmadimikin degan gumondaman. So‘ngra, menga "Yoki qarindoshlaring bilan qilayotgan bu ishingni to‘xtatasan yoki sendan kechaman" deganlarida, faqatgina nomahramlari bilan "yuqoridagidek" ko‘rishmayman xolos desam, sendan kechdim degan javobni oldim. Shu holatda men oq bo‘lgan hisoblanamanmi va men to‘g‘ri ish qildimmi? Iltimos yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qo‘pollik va odobsizlik ila muomala qilmang, diningizni chiroyli qilib ko‘rsating. Haromga buyursa, ota-onaga itoat qilinmaydi. Agar oqq qilsa, o‘tmaydi. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه)Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”.
Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh).
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush