Benamoz odam va nikox

Assalomu alaykum! Yaqinda shunday gap eshitdim, uylanish niyatida bo‘lgan odam mendan so‘radi dadangiz namoz o‘qiydimi deb afsus yo‘q desam unda sizni kim uzatadi dedi dadam InshaAlloh desam namoz o‘qimaydigan odam musulmon xisoblanmaydi va qizini uzata olmaydi. Agar shunday bo‘lsa nikox xaqiqiy bo‘lmaydi dedi va rad etdi. Shu gapga aniqlik kiritmoxchi edim. Bu gapni misrda o‘qiydigan yigitlardan eshitdim, rostdan xam shundaymi? Bizni yurtimizda bunday xolat afsuski ko‘p. Agar shu gap to‘g‘ri bo‘lganida bizda shuncha axli ilm bor ogoxlantirgan bo‘lardiku deb o‘yladim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “namoz o‘qimaydigan odam musulmon xisoblanmaydi va qizini uzata olmaydi agar shunday bo‘lsa nikox xaqiqiy bo‘lmaydi” degan gapi noto‘g‘ri. Bunday takfirchilardan ehtiyot bo‘ling. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar