Bachabozlikdan tavba

Assalomu alaykum! Avvalambor bu savolni berishdan sal uyaldim, lekin xozirgi kunda globall muammoga aylanib ketdi. Xozirgi kunda besoqolbozlik, bachabozlik bir jinsli vakillar nafaqat evropa balki bizni o‘lkalarga ham kirib keldi. Savolim shuki bachaboz inson qilgan ishidan pushaymon bulgan bulsa yani islom diniga o‘tib Alloh tomonidan berilgan farzi ayni burchlarni bajarsa gunohi mag‘firat qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta. Alloh insonni tomog‘iga g‘arg‘ara kelguncha ya’ni o‘lim kelguncha tavba eshigini ochib qo‘ygan. Kim u eshikdan kirmoqchi bo‘lsa hech kim qaytarilmaydi. Ammo o‘sha o‘lim qachon kelishi Allohdan o‘zgaga ayon emas. Tavbaga ana kiraman mana kiraman deb o‘lim ketayotganlar qancha. Tez tavba qilishi kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 202 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar