Faroiz

Assalomu alaykum! Men kichkina o‘g‘ilman. Meni 5 ta akam 2 ta opam bor. Opalarim akalarim xammasi oylali otam xammasiga aloxda uy joy qlib birgan xullas kichkina o‘g‘il bo‘gani uchun otam onamini oldida qoldim. Onam olamdan o‘tgach otam bu uyni nomingga o‘tkaz mendan keyn gap so‘z bo‘masin dedi. Xozr uy meni nomimga o‘tdi otam olamdan o‘tganiga 4 yil bo‘ldi. Bu uyda akalarimni xaqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz o‘z uyini sizga hali hayotlik chog‘ida, sog‘-salomat paytida sizga hadya qilib uyni bo‘shatib bergan bo‘lsa va siz uni qabul qilgan bo‘lsangiz o‘sha zahotiyoq sizning mulkingizga aylanib, boshqalarning haqqi qolmagan. Agar bunday qilmasdan faqat reja qilgan yoki vasiyat qilgan bo‘lsa u kishi vafotidan keyin meros moliga aylanib qolgan bo‘lib, merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi lozimdir. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar