Quloq og‘riganda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda mening qulog‘imda og‘riq bor. Shu yuzasidan sizlarga 2 ta savolim bor. 1. Qulog‘im og‘rigani sababli men 2qavat bosh kiyim kiyaman. Biri oddiy shapka biri jempirimning"kapshonka"si. Bularni echsam qulog‘im og‘rig‘i yomonlashadi. Shuning uchun namozni boshlashda "Allohu akbar" deb quloq qoqishni o‘rniga shu "kapshoka"ni ustidan quloq qoqsam bo‘ladimi? 2. Namozda ruku va sajdaga egilganimda qulog‘im qattiq og‘riyapti. Sajda va rukuda aytiladigan duolarni 3 marta emas 1marta aytishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Og‘rimaydigan darajada egilavering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar