Zakot nisobini hisoblash

Assalomu alaykum! Biz bozorda erkaklar ustki kiyimlari bilan savdo qilamiz. Aniqrog‘i kostyum shimlar, sport kostyumlari va shunga o‘xshash narsalar. Har yili zakot nisobini chiqarishda do‘kondagi barcha mollar hisoblabar edi, lekin endi savol tug‘ilib qoldi. Do‘kondagi mollar ichida sotilmay qolganlari ham bor. Ayrimlari hatto 2006-yilda ishlab chiqarilgan va dizayni juda ham eskirgan. Ularni kimgadir bepul bersangiz ham baribir hech kim kiymaydi. Ular o‘z qiymatini yo‘qotgan. Ulardan bir qanchasi uyda ham saqlanadi, chunki baribir sotilmayapti. Takidlash joizki, bu erda faqat eng eskilari va qiymatini yo‘qotganlari nazarda tutilmoqda. Uch to‘rt yil avval ishlab chiqarilganlari va arzonroqqa sotilish ehtimoli borlari bundan mustasno albatta. Shu sotilmay qolib ketgan tovarlarning hukmi qanday bo‘ladi? Ular ham o‘suvchi hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki tijorat niyatida ushlab turilgan ekan, uning bozor qiymatidan zakot chiqariladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar