Ruh

Assalomu alaykum! “Hislatli hikmatlar sharxi” kitobining to‘rtinchi juz
-betida “Tajalliyotlarni idrok qiluvchini ruh deyiladi.Tahqiqot va tamakkunotlarni idrok qiluvchini sir deyiladi” deyilgan. Bu erdagi tajalliyot, tahqiqot va tamakkunot so‘zlarining tarjimasi va ma’nosiga yaxshi tushunmadim. Ular haqida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tasavvuf fanida latoif degan narsa bor. Mashoyixlar : “Ular oltita bo‘lib, 1-qalb, 2-ruh, 3-sir, 4-nafs, 5-xofiy va 6-axfo” deb, ularning joylashgan joylari, vazifalari va ularni tazkiya qilish usullarini ham aytib o‘tganlar. Siz so‘ragan sir ham o‘sha latoiflarning biridir. Buni kengroq va yaxshiroq bilish uchun biror tasavvuf olimiga murojaat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:27 | Savol-javoblar | 153 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar