Mayitning birinchi iftori
Assalomu alaykum! Ramazon oyida yaqinlar qarindoshlar iftor qilib ro‘zadorlarni chaqirishadi. Ro‘zadan oldin vafot etgan bobo yoki buvilar bo‘lsa, iftorni o‘lgan insonning birinchi iftori deyishadi. Iftorni o‘sha vafot etgan odam nomidan qilish kerakmi, mayitning birinchi iftori deyish qanchalik to‘gri. Agar Ramazonda mayitga iftor qilinmasa qabrda halovati bo‘lmaydi deb o‘ylashadi. Shunday holatda chaqirilgan joyga borish kerakmi yoki bormagan afzalmi. Shu haqda dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda mayyitning iftori degan gap yo‘q. Ro‘zadorlarga iftorlik uyushtirib, ehson tarqatib yoki har qanday savobli amalni bajarib o‘shaning ajrini mayyitga bag‘ishlash mumkin. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing: https://fiqh.uz/maqola/660
23 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar