Umra badali

Assalomu alaykum! Men Saudiyada ishlayman. Alhamdulillah yaqinda Umra ziyoratiga borib keldim. Umra ziyoratiga o‘zim uchun niyat qilib miqotta ehromga kirdim. Manzilga borgandan so‘ng o‘zim uchun ham vafot etib ketgan bir qancha yaqinlarim uchun ham Kabatullohni tavof qildim. Vafot etgan yaqinlarim uchun har biriga faqat 7 marta tavof qilib undan so‘ng ikki rakat nafl namozini o‘qidim va savobini ularga bag‘ishladim. Savolim shuki meni ular uchun qilgan amallarim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz nafl tavof qilib uning savobini yaqinlaringizga bag‘ishlabsiz. Bu joiz amal. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 184 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar