Ket yo‘qol desa

Assalomu alaykum! Birinchi turmushimdan ajrashib ikkinchi bor turmush kurdim. Birinchi turmushim xolamni o‘g‘illari edi 2 farzandim nobut bo‘lganiga ajrashib ketgan edim. Ikkinchi Turmushimga 10yil bo‘ldi. Shu 10yil ichida ko‘rmagan azobim qolmadi. Turmush o‘rtog‘im ayollarga ishonmas ekan. Issiq sovuq qilasan deb ichib olib uradi, xar xil so‘zlar bilan xaqorat qiladi Qur’on olib qasam ichiradilar. Tirnoqqa zor bo‘lgin deb qarg‘aydi. O‘zini 2ta farzandi bor. Ota-onamni akalarimni xam yomon so‘zlar bilan qarg‘aydi. Doim ket deb xaydaydi ketay desam yana gap so‘zga qolaman. O‘zi oilada bitta qizman 3ta akam bor, nima qilishni bilmayapman. Allohga shukur 5maxal namoz o‘qiyman. Ota-onasini gapiga umuman kirmaydi. O‘zimiz toshkenda arendada turamiz. Sizlardan iltimos nima maslaxat berasizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ket yo‘qol degandagi niyatini so‘rang. Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar