Uyni tozalatish

Asalomu alaykum! Alloh qilayotgan amalaringizni ajr sovoblari bilan mukofotasin! Bir do‘stim aytishicha uylarda har xil issiq sovuq qilingan narsalar bo‘lsa uni qaerdaligini topib beruvchi insonlar bor ekan. Do‘stim shunday insonlari uyiga obkelib turar emish. Bu harom ammalar emasmi yoki bu usha noma’lum insonlarni qandaydur o‘ylab topgan safsatasimikan? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularga ishonish ham ular bilan muloqotda bo‘lish ham Allohning qahrini keltiradigan darajadagi og‘ir gunohdir. Bu kabi ishlarni folbinlar va ularga o‘xshagan yolg‘onchilar o‘ylab topishadi. Uylarni Qur’on tilovati, zikr, ibodat va taqvo kabi amallar qilib turilsa, siz aytgandek “tozalash”larga e’tiyoj bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar