Ichki tartibni buzgan holda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! 1. Men litseyda o‘qiyman va yotoqxonada turaman. Yotoqxonada namoz o‘qishga ruxsat berilmagan. Lekin farz namozlarini o‘qiyman. Iloji bo‘lgan hollarda jamoatga chiqaman, lekin 5 vaqt chiqish iloji yo‘q. Bu holda ruxsat berilmagan bo‘lsa ham namoz o‘qishim joizmi? 2. Jumaga ham ruxsat yo‘q. Lekin qoidalarni buzgan holda devordan oshib chiqaman. Bu ishim qanchalar to‘g‘ri? Chiqa olmasam mazam qochib qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning farzini bajarishda bandasidan ruxsat so‘ralmaydi. Siz Allohga itoat qiling. Ular bilan tortishib ham baxslashib ham ko‘rsatib ham aytib ham ruxsat so‘rab ham o‘tirmasdan indamay ibodatingizni bajaravering. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar