Sotilgan mulkdan chiqqan zakot

Assalomu alaykum! Biz chet elda yashardik. U erdagi uyimizni, mashinalarimizni sotib kelib, u pulni xammasiga o‘z yurtimizdan uy sotib oldik. Endi biz o‘sha uy va mashinalarimizni sotgan pulimizdan zakot chiqaramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar pul bir yil turgan bo‘lsa undan zakot berasiz. Agar bir yil turmay uning hammasiga o‘z hojatingiz uchun uy sotib olgan bo‘lsangiz undan zakot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 135 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar