Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men shogirdlarim bilan paravoy sestemaga kotyol yasab sotamiz. Ba’zi ustalardan kelib narxni so‘rab, “uyni egasini olib kelaman ustiga pul qo‘yib aytasan. Keyin mani haqqimni chiqarib berasan” deyishadi. Bittasi o‘zimga tengqur yigit edi. Uni 2 marta ogohlantirdim, ularni ichida yoshi 50ka kirganlariyam bor. Ularga gapirishga botinolmayman. Yana ba’zilari olib borib ustiga o‘zi haqqini qo‘yib sotarkan. Bu holatlarda man qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uy egalariga oshkora ayting. Rizqni beruvchi Allohdir. Sizdan sotib olib ustiga qo‘yib sotishida monelik yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar