Buni xukmi qanday?

Assalomu alaykum! Yaqinda telegram kanallarida (bu video boshqa davlat fuqarosi olgan)Rollton ichida e635 moddasi bordigi va u videoda cho‘chqaning rasimi turgani aks ettirilgan. Albatta tekshirib ko‘rsak bizda rollton halol belgi ostida chiqayapii, lekin e635 moddasi bor. Akam musofir, ularga biz shu rolltondan ko‘p berib yuborudik, u bizga tashlab yuboraymi deyabti. Ammo halol belgi mavjul va e635 ham mavjud. Buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Roltonning tarkibiga haqiqatda qanday mahsulotlar qo‘shilishi bizga ma’lum emas. Shuning uchun biror hukm ayta olmaymiz. Haqiqatan tovuq yoki go‘shti halol boshqa hayvonni biror a’zosi qo‘shilsa va u go‘shti halol hayvon shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan bo‘lsa, joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar