Firibgarlik yoxud yo‘ldagi buzilgan mashina

Assalomu alaykum! Bundan 3 oycha oldin, sovuqda yo‘lni chetida mashinasini kapotini ochib qo‘yib, o‘tgan mashinalarni to‘xtatayotgan haydovchiga uzoqdan ko‘zim tushdi. Alloh uchun yordam berish maqsadida to‘xtadim. Haydovchidan nima bo‘lganini so‘raganimda, Neksiya mashinasini "zubchatiy remen"i uzilib ketganini, evakuator chaqirib qo‘yib 400.000 so‘m zarurligini aytdi. Hasanboyga etib olay iltimos, 3-4 kunda qaytarib beraman deb telefon nomerini ham berdi. Darrov 400.000 chiqarib berdim. Ammo mana 3 oycha boldi na qarzni qaytaray demaydi va na telefonga javob beradi. Bundaylarni hukmi nima bo‘ladi? Pulimdan voz kechib yuborami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odam qarz bo‘lib qiyomatda ahvoli juda yomon bo‘ladi. 
«نفس المؤمن معلقة بدينه حتى يقضى عنه»«Mo‘minning joni qarzi ado etilmaguncha tutib turiladi».
Termiziy rivoyat qilgan.  وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهNasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «هَلْ تَدْرُونَ مَنْ الْمُفْلِسُ؟»، قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا يَا رَسُولَ اللَّهِ، مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ، وَلَا مَتَاعَ، قَالَ: «إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي، مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصِيَامٍ وَصَلَاةٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ عِرْضَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، فَيُقْعَدُ فَيَقْتَصُّ هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يَقْضِيَ مَا عَلَيْهِ مِنْ الْخَطَايَا، أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ»Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Muflis kimligini bilasizlarmi?» dedilar. «Muflis – dirhami ham, matosi ham yo‘q kishidir», deyishdi. U zot shunday dedilar: «Muflis –ummatimdan chiqqan, Qiyomat kuni ro‘za, namoz va zakot bilan keladigan, buni obro‘siga til tekkizgan, bunisiga esa tuhmat qilgan, unisining esa molini (nohaq) egan kishidir. Uni o‘tirg‘izib qo‘yishadi, uning buning hasanotidan qasos (sifatida) olib beriladi, bunga ham uning hasanotidan olib beriladi. Agar uning hasanotlari (haq egalarining) haqlarini olib berishdan oldin tugab qolsa, ularning gunohlaridan olinib, unga qo‘shib qo‘yiladi. So‘ngra do‘zaxga tashlanadi». 
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar