Yosh o‘qituvchi
Assalomu alaykum! Men o‘qituvchiman biologiya fanidan 8-9-10-11-sinflarga dars beraman maktabda ayol o‘qituvchilardan 1 ta men xijob o‘rashimni xamma o‘quvchilar biladi sababi uyim o‘sha maktabga yaqin shuning uchuni ko‘pincha dars tugashi bilan meni o‘quvchilar din bo‘yicha savollar bilan ko‘mib tashlashadi men sizlarning saytingizdagi javoblardan olib javob beraman albatta xuddi o‘shanday savol bo‘lsa kuni kecha 2 ta boshqa boshqa o‘quvchidan savolining mazmuni o‘xshashroq savol eshitdim va ularga javoban aloxida javob berasiz dedim. 1-o‘quvchi qiz men bir katta savoblar qilib xijob oramay yursam bo‘ladimi xijob o‘ramaganimning gunoxi o‘rniga o‘tadimi dedi. 2-boshqa sinf o‘quvchi bola nomoz o‘qimay ko‘p ko‘p savobli ishlar qilsa nomoz o‘qimasam xam bo‘ladimi dedi. Men ikkalasiga xam bu ishlarni qilish majburiy farz boshqa savobli ishlaringiz uchun aloxida ajr olasiz dedim men to‘g‘ri aytdimmi ularga? 2.) Tarovex o‘qishni boshlaganman kam sura bilaman yoddan qo‘limdan kelgancha o‘qiyabman 20 rakat, xar 4 rakatda dam olish vaqtida joynomozimning yoniga Qur’on mashxur suralar fazilatlari kitobini qo‘yib o‘qib tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri.2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 173 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri.2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 173 | Ta’lim va muta’allim