Yurakni bog‘lash

Assalomu alaykum! Yaqinda biz tomonga bir buxorodan tabib keldi. Unga borib ko‘rinuvchilar bo‘ldi. Onam xam meni yuragimni bog‘latishga xarakat qilib qoldilar. Egan taomim yaxshi xazm bo‘lmaganligi uchun. Tabib o‘g‘lingizni yuragini 10 ta tuxum bilan bog‘lasak otdek sog‘lom bo‘lib ketadi debdi. Tabib (agar tabib bo‘lsa) meni ko‘rmasi turib qanday tashxis qo‘ydi? Men darxol u tabib emasligini, jinlar bilan aloqasi borligini aytib bormadim. Onamga tushuntirishga xarakat qilsam xam tushunishni xoxlamadilar. Shunday bo‘lsa xam, onamni ranjitgan bo‘lsam xam bormadim. Qattiq gunoxkor bo‘lib qolishdan qo‘rqdim. Biz tomonlarda diniy tushuncha ancha sust. Masjidlarda xam faqat namoz o‘qishdan boshqa ish qilinmaydi, namozdan oldin deyarli diniy ma’ruzalar bo‘lmaydi. Savolim shuki: o‘sha o‘zini tabib sanagan inson aslida xam tabibmi? Meni xolatimni meni ko‘rmasdan turib kqanday tashxis qo‘yadi? Men onamni aytganlarini qilmay gunoxkor bo‘lib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz so‘rayotgan kishi haqida ma’lumotga ega emasmiz. Agar folbinlik, jinlar bilan ishlash yoki birorta shariatga zid amalini sezsangiz unga bormang. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar