Omonatga xiyonat
Assalomu alaykum! Birodarim boshiga tashvish tushib uyni sotishdi, ko‘chada qolishgani uchun oila a’zolarim bilan maslahatlashib uyimdan joy berdim. Hatto ro‘zg‘orlarini ham bir qildim, qarzga bergan pullardan ortganini uydagilarga ishonmay menga berdi. Keragida berib turdim, hatto yozib yurdim. Shu pul va qog‘oz yo‘qoldi. Do‘stim bizdan gumon qilib janjal bo‘ldi, ammo o‘zim ham oila a’zolarim ham olishmagan aniq. Bu omontga xiyonatmi? Nima qilay, yo‘qolgan pulin bersam olgan bo‘lib qolmaymanmi? Alloh oldida vijdonim toza.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘stingizni puli sizning qo‘lingizda omonat hisoblanadi. Omonatni o‘z mulkingiz kabi saqlagan bo‘lsangiz, to‘lab bermaysiz. Biroz beparvolik qilib yo‘qolgan bo‘lsa to‘laysiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush