Kaforot tutamanmi yoki qazo

Assalomu alaykum! O‘tgan yili bobom yani onamni dadalari ro‘za oyida vafot etdilar Alloh rahmatiga olsin va onam uyda ro‘zador holida yig‘lay boshladi. Hali abet ham bo‘lmagan adashmasam ertalabgi 9-10 atrofida edi onam borishga tayorgarlik ko‘rayotgan edi akam bilan gaplashganimda suv ichirib jo‘nat mazasi qochib qoladi deganday bo‘ldi onam ko‘ngilchan davlenyasi ko‘p chiqib siqilsa ko‘zlari qizarb ketadigan odati bor ayollar azali bo‘lsa qanaqa holga tushushini yaxshi bilaszlar va men idishga suv olib oldilariga borib ichrmoqchi bo‘ldim onam birinchi yo‘q dedi va men ona iching mazayiz qochib qolmasin dedim Alloh kechirsin va onamga iching gunohi menga deb suv ichirib ro‘zasini ochdirdim unda o‘zim ro‘za tutmas edim habarim ham yo‘q edi bu yil Allohga behisob shkur tutayabman Alloh ko‘zimni ochganga o‘xshaydi savolim shuki onamni azali bo‘lib gunohi menga deb ochdirgan ro‘zasini uzurli xisoblanadimi? Unga qazo tutib bersam bo‘ladimi yoki 60 kun kafforot tutib berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qattiq gunohkor bo‘lgansiz. Tavba qilishingiz kerak. Onangizning o‘rniga siz ro‘za tutishingiz mumkin emas. Endi siz sabab onangiz bir kun qazo va 60 kun ketma-ket kafforot tutib berishlari shart. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 180 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar