Zavoddan viloyatga tavar olib sotsa
Assalomu alaykum! Toshkentda ishlab chiqaradigan bir tanishimning tsexi bor. Tsex egalari ishlab chiqaradigan mahsulotlarini viloyatlarga bir isuzi qilib sotadi. Lekin do‘konlar boshqa mahsulotlarini ham olganliklari uchun bir Isuzu bir xil mahsulotni ololmaydilar, zavod egalari esa viloyatlarga faqat bir oyda bir isuzi olsagina beradilar. Shuning uchun men o‘sha tsex bilan gablashib, bir isuzi mahsulotni sotib olib o‘zim Isuzi jo‘natib olib kelib uyga tushirib o‘zimga ozgina foyda qo‘yib mayda do‘konlarga ham katta do‘konlarga ham olib borib sotsam bo‘ladimi? Mahsulot o‘tmay qolsa zararini bo‘ynimga olib, olib kelgan isuzining ham pulini o‘zim beraman. Sababi tsex egalari bizning viloyat Surhandaryo bo‘lgani uchun bu erga etkazib bermaydi. Shuning uchun tsexdan o‘zim olib chiqib viloyatimga sotaman. Shunda do‘konchilarga ham qulay bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Chunki siz bu erda o‘zingiz sotib olib, zarar ko‘rsangiz zimmangizga olib o‘zingiz etkazib berar ekansiz. Sizni ishingiz ikki tomonni tanishtirib daromadni “so‘rib” o‘tiruvchilardan boshqa ekan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom