Gunox ish qilib qo‘ydim

Assalomu alaykum! Men hozirgi kunda o‘qituvchilik kasbida ishlayman Alhamdulillah namoz ham o‘qiyman biroq yaqinda bir zino ish qilib qo‘ydim. Bundan dadam xabar topib juda qattiq ranjidilar rosti endi umuman zino qilmayman ammo dadamga oq bo‘lib qoldim men buni bilib turibman. Endi men Jaxannamga tushib qolmaymanmi? Men 23 yoshdaman, hali uylanmaganmvn. Men yuqoridagi ishlarim bilan fosiq yoki munofiq bo‘lib qolmadimmi? Chunki, Allohni tanigan holimda katta gunoxlar sodir etdim! Deyarli har kuni istig‘for aytaman... Ba’zan 1000marta va undan ham ko‘p. Menga najot yo‘li berkilib qolishidan xavotirdaman. Allohni ko‘p zikr qilishga harakat qilyapman.  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qiling, Allohdan gunohingizni kechishini so‘rab duo qiling. Istig‘forda bardavom bo‘ling. Shariatga qat’iy amal qiling. Otangizni ko‘ngli ko‘tariladigan ishlarni qilib duolarini olib kechirim so‘rab roziliklarini oling. Tezroq uylanishga harakat qiling. Fosiq, munofiq bo‘lmasligingiz va jahannamga tushmasligingiz Allohning marhamati va qiladigan amallaringizga bog‘liq. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar