Oramizga taloq tushgan hisoblanadimi?
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 8 yil bo‘ldi. Allohga shukrlar bo‘lsin uch nafar farzandim bor. Ma’lum sababga ko‘ra (o‘zimning tilim yomonligidan) turmush o‘rtog‘im bilan oaramizda janjal bo‘ldi va menga qo‘l ko‘tardilar. Keyin men jaxl qilib bolalarni olib otamnikiga ketaman dedim. Shunda turmush o‘rtog‘im “xech qaerga ketmaysan. Agar mening ruxsatimsiz darvozadan chiqsang taloq tushsin” dedilar. Men ularga javoban “taloq olib bo‘ldim” dedim, lekin darvozadan xatlab ko‘chaga chiqmadim. Aytingchi erim taloq demaslar xam, lekin men o‘zim taloq oldim desam nikoximizga taloq tushgan xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “talog‘imni olib bo‘ldim” deyishingiz bilan taloq tushmaydi. “Ruxsatimsiz” degan so‘zni aniq qo‘shgan bo‘lsa, ruxsat bersa darvozadan ham chiqaverasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush