Odamlarga qarab namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Namozda yo joynamozda o‘tirgan odamning orqasida namoz o‘qisa bo‘ladikan. Ovqatlanib yo boshqa ish bilan o‘tirgan odamning orqasida namoz o‘qisa bo‘ladimi? Uzun davrada odamlar bir biriga qaragan xolda 2 qator bo‘lib o‘tiribdi. Shularga qarab o‘qisa bo‘ladimi? 1-qator teskari turibdiyu 2-lari bu yoqga qarab o‘tirgan xolda. Qibla tarafda uxlab yotgan odamga qarab o‘qisa bo‘ladimi? Masjidda o‘tirgan odam orqaga burilib namozxonni qarshisida turibdi shunga qarab namoz o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ovqatlanib yo boshqa ish bilan o‘tirgan odamning orqasida namoz o‘qisa bo‘ladi.2). Uzun davrada odamlar bir biriga qaragan xolda 2 qator bo‘lib o‘tiribdi. Shularga qarab o‘qisa bo‘ladimi? 1-qator teskari turibdiyu 2-lari bu yoqga qarab o‘tirgan xolda - joiz.3). Qibla tarafda uxlab yotgan odamga qarab o‘qisa bo‘ladi.4). Masjidda o‘tirgan odam orqaga burilib namozxonni qarshisida turibdi shunga qarab namoz o‘qimaydi, - joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 217 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar