Uy ijarasi

Assalomu alaykum! Hurmatli  ustozlar mening savolim biroz uzun bulganligi uchun men sizlardan uzur surayman. Mening ijaraga beradigan uyim bor. Men makler bilan kelishib ijara narxini belgilab oldim oradan biroz vakt utgach makler menga ijarachi topildi fakat siz bilan kelishib olishimiz kerak dedi, men makler bilan uchrashdim u menga aka siz bilan falon pulga kelishgandik siz rozimisiz usha kelishilgan pulga dedi men xa men roziman deb javob berdim lekin bitta shartim bor uyni ijaraga oladigan odam chet el fukorosi u sizga ikki baravar pul beradi siz indamay olasiz va uzingizga tegishlisini olib ijarachiga bildirmagan xolda kolgan ortakcha pulni menga kaytib berasiz dedi. Ijarachi odam eng kamida bir yilga shartnoma kilarkan mazza kilib pul ishlab olamiz siz xam rozi men rozi u xam indamay rozi bulib beraveradi  dedi. Men maklerga bu ishing yaxshi emas nima bulganda xam xamma narsani oshkora kelishib olinsa xammamizga xalol ish buladi dedim. Makler bulmasam biz siz bilan kelisholmadik boshka odam topaman deb achchiklab koldi. Islomda tijoratni ochik oydin kilish kerak degan shartlar bor u nima kilganing desam u menga aka bizni ishimiz shunaka bu xalol xisoblanadi siz uzingizga tegishli pulni olasiz men uzimga tegishlisini olaman yashaydigan odam esa xamma pulni rozi bulib sizga tulab yashayveradi deydi. Bu xolda nima maslaxat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma narsa ochiq-oydin bo‘lishi kerakligini to‘g‘ri aytgansiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar