3 umra 1 hajga tengmi
Assalomu alaykum! 1). Haj farz bo‘lishi uchun moli nisobga etishi shart qilinganmi yoki hamma yo‘lga qodir bo‘lganlarga farzmi? 2) 3 marta umra qilinsa haj soqit bo‘ladimi yoki albatta haj qilishi kerakmi? Hajga juda katta navbat bo‘lgani va asosan qariyalarga birinchilardan navbat berilgani uchun 3 marta umra qilmoqchi edim agar haj soqit bo‘lsa shu bilan. 3). Islomda er va xotinni puli alohida. Pulni er topadi, xotini ishlamaydi yoki juda kam topadi (ya’ni nisobga etmaydi). Agar erga haj farz bo‘lsa, xotiniga ham farz bo‘ladimi yoki xotiniga farz bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yo‘lkira va o‘sha erdagi harajatlarga etsa bo‘ldi.2). Kimning zimmasiga haj farz bo‘lgan bo‘lsa uni darhol bajarishi lozim. Umra qilish bilan haj soqit bo‘lib qolmaydi.3). Erkaklarga farz qilingan narsaning barchasi ayollarga ham farz. Albatta ayol kishiga hajga etadigan mablag‘i bo‘lishi bilan birga mahrami ham bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 177 | Haj va umra