Namozlarimni o‘qishim uchun

Assalomu alaykum! 2 yil bo‘ldi turmush qurganimizga shu vaqtdan beri meni kuchli tsestit shamollash qiyniyabdi 2 marta homilam infeksiya bo‘lganligi uchun rivojlanmay qoldi mana hozir davolanib yana homiladorlikga ruxsat berishgan Allohga shukur 4 yildan beri namoz o‘qiyman lekin shu shamollashim har safar qiynayabdi 2-3 oy davolanish vaqtida yana kuchayib ketganligi uchun namozlarimni tark qildim ahvolim judayam og‘ir bo‘lib qoladi hozir Ramazon oyi kelganiga yana namozlarimni boshlab ro‘za tutyotgandim yana taxorat olganimga afsuski yana shamollashim kuchaydi Allohdan farzand so‘rab ibodatimda mustahkam turgim keladi lekin shamollashim kuchayib qolyabdi ko‘p davolandim tasiri bo‘lmeyabdi uydagilar farzandli bo‘lguningcha namozlaringni to‘xtatib tur derdilar men hammasini berguvchi Alloh men ibodat qilsam Allohdan so‘rasam beradilar deb to‘xtatmasdim lekin shu qishda qiynalganim uchun namozimlarimni o‘qiy olmadim vijdonim qiynalib kunglim g‘ijil bo‘ladi mana yana boshlab oldim deganimda yana qaytalanyabdi kechqurun belimni qimirlatolmey qolish darajasiga bordi 2 kundan beri namozlarimni o‘qiy olmayabman ozgina to‘xtagandek bo‘lib turibdi lekin judayam hafaman namozlarimni o‘qiy olmayotganimga namozimni o‘qisam engil bo‘lib ishlarim yaxshi bo‘ladi o‘qiy olmasam judayam yomon ahvolga tushaman namozlarimni o‘qishni judayam xohlayman shamollashim homila bo‘lishiga tasiri bormikan deb qo‘rqaman. Bir ikki izladim suvsiz taxorat olishni lekin meni holimda qandey ish tutishim kerakligini aniq uzlarizdan so‘ray dedim faqat oyog‘im yaxlab ketadi va mustaxabni qanday qilishni aytsangizlar yuz qo‘llarimni suvga yuva olaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo shifoi komil bersin. Siz tahoratdan oldin hadeb avratlarni yuvavermang. Najosat chiqqan joyidan yoyilib ketsa yuvish farz bo‘ladi. Shunda ham iliq suv bilan yuvib tez quritib olish harakatida bo‘ling. Tahoratni ham har bir a’zoni yuvib bo‘lib tez artinib qilishingiz mumkin. Bomdodga tahorat olishda iliq suv bilan oyoqlaringizni yuvib mahsi kiyib olsangiz qolgan tahoratlarda mahsiga mash tortib yurishingiz ham mumkin. Namozlarni qoldirmang, namozga hech qanday holatda ham uzr yo‘q. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar