Meros haqida qayta savol

Assalomu alaykum! Avvalgi savolimga “Qayta savol berib yaxshi qilibsiz. Chunki shariatda hadya bilan vasiyatning o‘rtasida katta farqi bor. Agar bir kishi ya’ni ammangiz tiriklik vaqtida “bu sizlarga hadya, qabul qilinglar, o‘z nomingizga o‘tkazib olinglar” desa va sizlar qabul qilib o‘tkazib olgan bo‘lsangizlar u uy sizlarni shaxsiy mulkingiz hisoblanadi. Agar “o‘lganimdan keyin sizlarga” deb vasiyat qilgan bo‘lsa shariat qoidasi bo‘yicha uyni to‘liq qiymatini uch qismga bo‘linadi va uchdan biridan vasiyatlar ado qilinadi. Ya’ni sizlar butun qiymatini uchdan biriga haqdo bo‘lasizlar xolos. Qolganlari marhumaning merosxo‘rlariga taqsimlab beriladi. Shuning uchun nima deb qoldirganini batafsil yozinglar yoki biror ahli ilm huzuriga borib aniqlashtirib olinglar” degan ekansizlar. Ular tiriklik vaqtlari uyni erimni nomlariga o‘tqazib berganlar, hadya shartnomasi tuzilgan. Kelishuv bo‘yicha o‘lganlaridan keyin bu uy to‘liq bizaga foydalanishga o‘tdi. Farzandlariyam aka-uka opa-singillari ham yo‘q. Ulani bor qarndoshlari ham shu kelishuvni qo‘llab qubvatlashgan. Yuqoridagi savolimga ko‘ra uylariga ijarachi qo‘yib olingan pulni bir qismi ammani o‘qimagan namozlariga kafforat qilib bersam bo‘ladimi? 2). Bu pulni ota-onamga bersak bo‘ladimi? 3). Bervotganda ammani o‘qimagan namozlarini kafforati ekanini aytishim keremi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bersangiz bo‘ladi. 2). Agar uyni eringizga bergan bo‘lsa eringiz uni kafforatini sizni ota-onangizga berishi mumkin. Sizga hadya qilgan bo‘lsa ota-onangizga berishingiz joiz emas. chunki siz o‘z tarafingizdan ehson qilayotgan bo‘lasiz. Uni o‘zingizni yaqinlaringizga berishingiz joiz emas. 3). Aytishingiz shart emas, niyat qilsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar