Silai rahm haqida

Assalomu alaykum! Silai rahmga eng haqdor kishilar ota-ona, aka-uka, opa-singil kabi qon-qarindoshlardir diyiladi. Mening savolim quyidagicha. Amakibachchalarga (onaning, otaning amikibachchalriga) xam silai rahm qilish kerakmi? Masalan aka-ukaning nevalari, chevaralari o‘rtasidagi aloqalar ham Silai rahmga kiradimi? Bu savolni berishimdan maqsad. Mening qishlog‘im diyarli bir-biriga qarindosh. Yani xammamizni ettinchi otamiz bitta. Shu sababli butun qishloq bir-biri bilan amikivachcha xisoblanadi. Bizda hamma bilan aloqani bog‘lash imkoniyati mavjud emas. Urug‘imiz juda katta. Bizda butun qishloq kamida 100 xo‘jalik bir-birini amakibachcha, qarindosh diyishadi. Shu nuqtai nazardan qarindosh deganda qandaydir chegara bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Yaxshilik va silai rahm» kitobini o‘qing. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar