Fitr, fidya, zakot

Assalomu alaykum! 1. Fitr sadaqasini kichik farzandlarimiz nomidan ham beramizmi 2. Fidya har bir ro‘za tutilmagan kun uchun beriladimi? 3. Uchta molimiz bor oshxona qurish uchun boqyapmiz uni ham zakotini beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zimmasiga fitr sadaqasi vojib bo‘lgan kishi balog‘atga etmagan faqir bolasi tarafidan ham fitr beradi. Agar balog‘atga etmagan bolasining nisob miqdoridagi mulki bo‘lsa bolaning molidan fitrni ado qiladi.2). Tuzalishiga umid bo‘lmagan bemorlar ro‘za tutmagan har kuniga fidya berishadi. Mabodo kelajakda tuzalib ketsa ro‘zasining qazolarini tutib berishi shart bo‘ladi. Sizni holatingizda fidya berish joiz yoki joiz emasligi bizga qorong‘u.3). Sotish uchun olingan bo‘lsa ularni ham qiymatini nisobga qo‘shiladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar