Kafforat tutiladimi

Assalomu alaykum! Ayolim ro‘zador xolatida tishi og‘rib qoldi, xattoki yig‘ladi og‘riqqa chidolmay. Shunda men bu xolat uzrli dori ichishing mumkin qazosini tutib berasan dedim. Dori ichdi, og‘riq baribir qolmadi. Stamatologka bordik oxiri. Lekin doridan keyin iftorgacha boshqa narsa eyishga xam ichishga xam qo‘ymadim. Keyin bir joyda o‘qidim dori ichsa xam kafforat ekan. Bu xolatda aniq xukm qanaqa, men-chi uni bu ishga undaganim uchun men uchun xukm qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sog‘lig‘i yomonlashib ochishga majbur bo‘lsa, kafforat emas balki qazo vojib bo‘ladi. Bundan keyin shunday holat bo‘lsa yonboshdan ukol olish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ulamolar “og‘riq qoldiradigan ukolni yonboshdan qilinsa ro‘za ochilmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar