Zulm bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Mashinamiz boshqasi bilan avariya bo‘ldi u mashina aybini tan oldi va remontni 70% qismini qoplashni bo‘yniga oldi, biz rozi bo‘ldik. Ustaga eltdik usta remontni 3.59 mlnga baxoladi va u kishiga 2.513 mln qismi to‘g‘ri keldi. Kelishildi, pulni malum sanaga berishga va’dalashildi. Shu bilan bu qismi yopildi. Biz izlanib arzonroq joylarini qidirib remontni arzonroqqa 2 mlnlar atrofida bitirish arafasidamiz o‘z mablag‘imiz xisobiga. Shu xolatni xukmi qanday? Biz u kishidan 2.5 mlnni olishimiz to‘g‘rimi yoki zulm qilyapmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qancha zarar ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘sha miqdordagini olishga haqlisiz faqat. Undan ortig‘ini olish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar