Ayol qo‘shnilarga iftorlik
Assalomu alaykum! Men xozir Qozog‘istondan 1 oy bo‘ldi yana ikki uch oy shu erda ishlamoqchi man uyda ayolim bilan 10 yashar o‘g‘lim qolgan. Savolim quyidagicha. 1. Onam sentyabr oyida olamdan o‘tdi shunga tog‘am opamni birinchi xayiti qo‘y so‘ymasang bo‘lmaydi deyabti bu shariatda bormi. 2. Uyda qo‘shnilarni ayollariga, xolamlarga iftorlik qilib bermoqchidim ayollarni o‘ziga iftorlik qilib bersam bo‘ladimi yoki erkaklarga iftorlik qilib berganim maʼqulmi. 3. Men qozoqda ishlayman va shu erni bank kartasidan foydalanaman shu karta orqali magazindan oziq ovqat va turli kamunal to‘lovlarni amalga oshirsam menga qilgan xaridordan 1% bonus beradi bu bonusni ishlatish joiz emas deb o‘ylayman lekin bu gapni sheriklarimga aytsam meni gapimga ishonishmayapti shunga xam javob bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hayitda yoki biror kunni tayin qilib olib ehson yoki qo‘y so‘yish kerak degan gap shariatimizda yo‘q. Inson qodir bo‘lganida ehson qiladi.2). Ixtiyoringiz.3). Bonusni agar o‘zlarini foydasidan o‘tib berishsa ishlatish joiz. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za