Uzoqda yashasa 100 kunda 1 taloq tushadi

Assalomu alaykum! Qayniopam eri bilan kelisha olmasdan ota onasining uyiga ketib qoldi. Eri bilan yashash niyati yo‘q. Bunga ancha sabab bor. Lekin eri javobini bermayapti. Ajrashmayman dep turib olgan. Er xotin bir biridan (oilani asrash uchun nafaqa topishdan boshqa sabab bilan) uzoqda yashasa 100 kunda 1 taloq tushadi degan gapni eshitgan edim. Opam erining uyiga bormasa taloq tushadimi? Agar taloq tushmasa opam qanday qilib taloq olsa bo‘ladi? Pochcham imkoniyati bor bo‘laturib oilasiga qaramaydi, asramaydi, yomon gaplar aytib sababsiz tuxmatlar qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “uzoqda yashasa 100 kunda 1 taloq tushadi” degan gap dinimizda yo‘q. Opangiz erini uyiga bormasa ham taloq tushmaydi. Pochchangiz ta’minotini qilmayapgan bo‘lsa, ajrashsa haqqi bor. Lekin oilani saqlab qolishga urinish kerak. O‘rtaga katta yoshli qarindoshlarni solib isloh qilishga urinish kerak. Ajrashadigan bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi yoki viloyatdagi vakilliklariga murojaat qilishi kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar