qarz qaytarish
Assalomu alaykum Shayh Hazratlari!Savol berib qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr. Beradigan savolimga o‘zimda aniq javobim bo‘lmagani uchun Sizga murojaat qilayabman. Men 2011 yilda Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida 5 oy davomida bo‘lgan, iqtisodiy sharoitim og‘ir edi, qish fasli bo‘lgani uchun ish topolmay ko‘p qiynaldim. Shu payt Alloh Subhana va Taolo O‘z marhamatini yubordi, internet orqali bir rus qiz bilan tanishidim, u manga ko‘p yordam qildi, ya‘ni moliyaviy jihatdan, qarz deb emas lekin. Keyinroq u islomni qabul qildi. keyin men Tojikistonga qaytib kelib qarzni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Hozirda qarzni kam kam to‘layabman. Sizga savolim quyidagicha: mani hisobim bo‘yicha u menga 70 ming rubl pul sarflagan, o‘zini hisobi bo‘yicha esa 65 ming.1-chi savol ziyoda qilib to‘laganim ma‘qulmi, ya‘ni mani hisobim bo‘yicha?2-chi savol valyutalar farq qilgani uchun men tojik somonisini rublga almashtirishimga majburman. bunda pul almashtiruvchi bank foiz oladi "kurs" deb ataladigan. undan tashqari bu pulni bank orqali jo‘natayabman, bank hizmati uchun 1,5% oladi. bular riboga kirmaydimi? Kirsa men riboni rag‘batlantirgan bo‘lib qolmayabmanmi? Iltimos javobingizni ayamang. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ziyoda qilib to‘laganingiz ma’qul. Ular ribo emas, xizmat haqidir.
2 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ziyoda qilib to‘laganingiz ma’qul. Ular ribo emas, xizmat haqidir.
2 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat