Ro‘za xaqida
Assalomu alaykum! Mening 4 oylik chaqalog‘im bor. Ramazon ro‘zasini tutishga axd qildim. Ikkinchi kuni saxarlikka kech kqolib xech nima emasdan niyat qilib og‘zimni yopdim. Emizikli bo‘lganim uchunmi, xech narsa emaganim uchunmi og‘iz ochishga yarim soatcha vaqt qolganida mazam qochib, ko‘z oldim qorong‘ilashib yurolme o‘tirib qoldim. Va ro‘zamni ochib bir ikki xo‘plam suv ichdimda yotib qoldim. Endi men kafforot xam tutib beramanmi yoki faqat qazosinimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat shunchalik darajada bo‘lsa ramazondan keyin faqat bir kunlik qazosini tutib berasiz. Kafforot vojib emas. Bunday holatda iftorga yaqin qolgan bo‘lsa ishlarni to‘xtatib imkon bo‘lsa yotib o‘zingizga orom bering. Zora shu yarim soatda holatingiz yaxshi bo‘lib tursa ochmasdan etkazib olsangiz. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:12 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za