Foizga kompyuter buyumi
Assalomu alaykum! Biz Janubiy Korea davlatida tahsil olamiz. Bizning ko‘plab birodarlarimiz va opa singillarimiz bu erda mavjud bo‘lgan foizli bo‘lib to‘lashga kompyuter va telfon sotib olishadi hatto o‘sha kompaniyalarda ishlaydigan ayrim ham yurtlarimiz ham yo‘q emas albatta Savdo shundayki biror bir buyum yoki kompyuter yoki telfon reklama sifatida 90$ bo‘lib internet sahifasiga qo‘yiladi va mijoz sotib olish fikrini bildirsa, necha oyga bo‘lib to‘lashlikni so‘raladi agar mijoz uni 3 oyga desa mahsulot narxiga 8% ustama qo‘shiladi va buyum (30$tan narxi) oyiga 32$ dan tolanadi, agar 4 oyga bo‘linsa 10% yani 33$ dan to‘lanadi. Savol: 1) bu riboga kiradimi? Savol: 2) shar’an jozimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiyaga sotayotganda muddatga qarab yuqoriroq narx belgilash joiz. Siz aytayotgan ko‘rinishda sotish mumkin, faqat sharti shuki, to‘lovni kechiktirish sababli penya va jarima qo‘llanilmasin. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat