Xurijaxonabegim ismi
Assalomu alaykum! Biz qizimizga Xurijaxonabegim deb ism qo‘yganmiz. Ko‘pchilik din ulamolari o‘zgartirishni maslaxat berishdi. O‘zgartirishimiz joizmi? Yaqinda yana farzandlik bo‘lamiz unga azon aytkanimizda katta qizimga xam boshqa ism bilan azon chaqirishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga muvofiq go‘zal ismga o‘zgartiring. Chunki ota-ona bolasiga bandaligini bildirib turadigan, katta bo‘lganida o‘zi ham xijolat bo‘lmaydigan chiroyli ism qo‘yish kerak. “Baxtiyor oila” kitobida bu haqida shunday deyilgan:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalarga ism qo‘yishga alohida e’tibor berganlar. Bu o‘ta muhim ishning Qiyomat kuniga ham bog‘liq joyi borligini ham aytganlar.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّكُمْ تُدْعَوْنَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِأَسْمَائِكُمْ وَأَسْمَاءِ آبَائِكُمْ، فَأَحْسِنُوا أَسْمَاءَكُمْ . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringizning ismi ila chaqirilursiz. Ismlaringizni go‘zal qiling».
Abu Dovud, Ibn Hibbon, Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Ismning chiroyli bo‘lishi Qiyomat kuni ham kerak bo‘lar ekan. Chunki barcha xaloyiq yig‘ilgan joyda birovning ismi aytib chaqirilganda ismi go‘zal bo‘lsa, xursand bo‘lishi, aksincha bo‘lsa, xijolat bo‘lishi tabiiy. Bu holat ushbu yorug‘ dunyoda ham bor. Ismi noqulayligidan xijolat bo‘lib yuradiganlar oz emas, ismini o‘zgartirganlar ham ko‘p. Ammo o‘sha narsa avval boshda, bola yangi tug‘ilgan paytda bir yo‘la yaxshilab yo‘lga qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uning musulmon farzandi ekanini dunyoyu oxiratda ismi ham namoyon qilib turadi.
Ko‘pchilik sahobalar o‘zlarining yangi tug‘ilgan farzandlarini Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borar edilar. U zot alayhissalom yosh bolalarni ko‘rsalar, xursand bo‘lib ketar edilar. Yangi tug‘ilgan bolalarga go‘zal ismlarni qo‘yib berar edilar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush