Gunoh ishga befarqlik
Assalomu alaykum! Xozirgina bir video ko‘rdim, O‘zbekistonda bo‘lgan xolat, chamasi 6-7 ta erkak kishilar (taxminim bo‘yicha o‘zbek millatiga xos Musulmon insonlar) 1 ta insonni ayamasdan kaltaklashib moshinaga solib olib ketishdi, atrofda 5-6 ta erkak va shunga yaqin adadlik ayollar bor edi, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha u inson dunyodan ko‘z yumibti. Shunaqa vaziyatda befarklik qilgan musulmonga qanday xukm bor? 2. Shunday vaziyatda ajratish (kutkarishni niyat qilib) maqsadida janjalga aralashib qolib o‘zini ximoya qilishga to‘g‘ri kelib qolsa va shu paytda bir musulmonga ozor bersa (o‘ldirib qo‘ysa) xukmi qanday? 3. Shunaqa vaziyatda ya’ni ajratish yoki qutqarish niyatida aralashib o‘zi vafot topsa qanday xukm bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1. Albatta bu musulmonlik axloqiga to‘g‘ri kelmaydigan ish. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرَهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفَ اْلإِيمَانِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ.Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Boshqa muhaddislar bu hadisi sharifni ko‘proq amri ma’ruf va nahyi munkar bobida keltiradilar. Bizning muallifimiz esa, iymonning ziyoda va kam bo‘lishi bobida keltiribdilar. Buning farqi yo‘q, ikkisi ham barobar. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo‘min-musulmon kishining munkar, Islom dini tomonidan inkor qilingan ishlarga nisbatan munosabatiga qarab iymoni kuchli yoki zaif bo‘lishini bayon qilmoqdalar.
«Munkar ish» deganimiz din, shariat tomonidan inkor qilingan yomon ishni bildiradi. Chin mo‘min inson o‘z jamiyatida bo‘layotgan munkar ishni ko‘rib-bilib turib, befarq qola olmaydi. Mo‘min kishi munkar ishni ko‘rganida uch holatdan birida bo‘lishi mumkin, xolos:
1. «Munkar ishni qo‘li bilan qaytarish».
Bu kuch ishlatib, degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, bo‘layotgan yomon ishni to‘xtatish, uni qaytarish uchun kuch sarflasin. Bu ko‘proq qo‘lida hukmi bor, imkoni bor mo‘minlarga tegishli bo‘ladi. Yana, munkarni qaytarishdan oldin, holatga qaraladi. Har qanday shaxs aralashsa bo‘ladigan, kuchi etadigan ish bo‘lsa, albatta, o‘sha odamga bu munkarni kuch bilan qaytarish vojib bo‘ladi.
2. Munkar ishni tili bilan qaytarish.
Bu qo‘li bilan qaytarishga qodir bo‘lmaganlarning ishi. Bu ish ikkinchi navbatda, birinchisiga qodir bo‘lmagan taqdirdagina joriy bo‘ladi. U vaqtda mo‘min-musulmon odam tili bilan gapirib, munkar ishning yomonligini bayon etadi, uni qilmaslikka chaqiradi. Bu ish har bir imkoni bor mo‘minga vojibdir. Iymoni taqozo qilgan burchdir. Lekin gohi vaqtlarda zulm, tazyiq haddan oshib, og‘iz bilan gapirgan mo‘minga zarar etishi, uning joniga, shaxsiga va boshqa tomonlariga tahdid solinishi mumkin. Bunday noiloj holda qolgan odam, so‘nggi, uchinchi darajaga tushishga majbur bo‘ladi.
3. Munkar ishni dili bilan qaytarish.
Chin dildan «shu ish bo‘lmasligi kerak edi, ammo, ming afsuski, bo‘ldi. Bu ishni qo‘lim bilan o‘zgartirishim kerak edi, ammo qila olmadim. Bu ishni hech bo‘lmasa tilim bilan o‘zgartirishim kerak edi. Ammo buni ham qila olmadim. Endi, dilim bilan inkor qilishdan boshqa choram qolmadi», deyilur. Bu esa, eng zaif iymon bo‘ladi. Bundan ham zaif iymon bo‘lishi mumkin emas. Buni ham qilmasa, o‘sha zaif iymon ham qolmaydi. Iymoni kuchli mo‘minlar esa, hech narsadan qo‘rqmay, munkar ishni o‘z vaqtida inkor qiladilar.
Alloh xohlasa, «Amri ma’ruf va nahyi munkar» bobida bu haqida batafsil so‘z yuritamiz. Ushbu bobda esa, yomonlikni inkor qilish iymonga taalluqli ish ekanini yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Kishi yomonlikni qanchalik ko‘p inkor qilsa, qaytarsa, shunchalik iymoni ziyoda va baquvvat bo‘lishini tushunib olishimiz kerak. Aksincha, yomonlikni inkor qilishi qanchalik oz va kuchsiz bo‘lsa, iymoni ham shunchalik zaiflashib borishini bilmog‘imiz kerak. Ana o‘shanda nima uchun iymonsiz jamiyatda iymon bilan ishi yo‘q, iymon qadrlanmaydigan jamiyatda, yomonlik ko‘payib ketishini anglab etamiz. Ana shundagina Allohning oxirgi va mukammal dini–Islomda munkar ishni o‘zgartirishga, inkor qilishga bunchalar katta ahamiyat berilganini tushunib etamiz. Ana shundagina nima uchun musulmonlar ushbu hadisi sharifga to‘liq amal qilgan davrlarida dunyodagi peshqadam millat bo‘lganlarini anglab etamiz. Ana o‘shandagina, nima uchun musulmonlar bu hadisga amal qilmay qo‘yganlarida tushkunlik tomon yuz tutganlarini to‘g‘ri fahmlaymiz.
Bu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Munkar ishlarga nisbatan murosasiz bo‘lish.
2. Imkoni bo‘lsa, munkar ishni qo‘l bilan qaytarish-o‘zgartirish.
3. Qo‘l bilan qaytarishning imkoni bo‘lmaganda, munkar ishni til bilan qaytarish.
4. Qo‘l bilan ham, til bilan ham qaytarishning imkoni bo‘lmaganda dil bilan qaytarish.
5. Munkar ishni dil bilan qaytarish eng zaif iymon ekanini anglash.
Bu hadisning hikmatlari va insoniyatning mazkur hikmatlarga ehtiyoji haqida har qancha gapirsak, shuncha oz. Chunki, yomonni yomonlik qilishdan qaytarmaslik har qanday jamiyatni, bora-bora butun insoniyatni halokatga olib borishi turgan gap.(“Hadis va Hayot” kitobidan). 2). Jon, din, mol, sha’n himoyasi uchun qasddan emas zaruratan ozor bersa yoki o‘ldirib qo‘ysa gunoh bo‘lmaydi.3). Shahidlik maqomi umid qilinadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar