Bola emizishni uzaytirish

Assalomu alaykum! Bolani emizish 2 yil ekani to‘g‘risida Qur’on oyati bilan tanishman. Emizish 30 oy ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar xam bor. Qanday holatlarda bu muddatni, ya’ni 2 yilni uzaytirishga ruxsat beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uzaytirishga ruxsat yo‘q. Siz bilgan ikki yil ham melodiy emas qamariy yil. Ya’ni melodiy ikki yildan yigirma kun kam bo‘ladi. Onaning sutidan boshqa narsa bo‘lmasa “zaruratlar harom narsani muboh qiladi” qoidasiga tushishi mumkin. Hozir lekin bu darajadagi holat bo‘lmasa kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar