Uy solish

Assalomu alaykum! Yaxshi niyat bilan yangi qurilayotgan uylar(kvartira)dan  birini sotib olishga qaror qilganmiz. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha ushbu yangi uy o‘rnida avvalari qamoqxona bo‘lgan ekan. Shu sababli odamlarda ushbu joy va erdan uy joy olishga hadiksirash, irim qilish, qamoqxonada bo‘lgan jinoyatchilarning aurasi ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi gaplarini eshitdik. Shu sababli, ushbu avvallari qamoqxona bo‘lgan erga qurilayotgan ko‘p qavatli uyda yashasa bo‘ladimi? Nima qilib ushbu erni poklasa va tinch yaxshi yashasa bo‘ladi? Maslahatingiz uchun avvaldan katta rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday irim qilib yomon gumonga bormaslik kerak. Shariatimizda qanday amallar qilsa uyga baraka kiradi deyilgan bo‘lsa, o‘shalarni qilishga harakat qilish kerak. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning birinchi qurgan masjidlari ham avval kofir va mushriklarning qabristoni bo‘lgan joyga to‘g‘ri kelib qolgan. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam u erdagi o‘liklarni qazdirib chiqarib tashlab, o‘rniga masjid qurdirganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar