Is chiqarishda insonga qon surkash
Assalomu alaykum! Dugonamning mazasi yo‘q betob bo‘lib qolgan. Ammo uning qarindoshlari uni qo‘yarda qo‘ymay xar xil domlayu kinnachilarga olib borishdi. Bu etmaganday bugun is chiqarishdi va o‘rtog‘imga tirik tovuqni qonini surkashdi. Bu "qonga qon jonga jon" emush. Bu narsalar qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi ishlarni kofir jinlar bilan ishlaydigan folbinlar qilishadi. Ular kofir jinlarga atab jonliq so‘yib harom qonini kasalga surkashadi. Bundaylarni oldiga borish ham to‘g‘ri emas. Bundaylarni gapini tasdiqlagan odam dindan chiqib qolish xavfi bor. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar