Vada va o‘yin

Assalomu alaykum! Shunchaki bir oz chalg‘ish uchun. Lekin bundan oldin yana bir o‘yin o‘ynar edim. Bu o‘yinni o‘ynamayman deb Allohga vada ham bergan edim. Lekin baribir o‘ynab qo‘ydim. Endi bu gunohmi? 2. Hozir menga pul kerak. Eshittimki Allohdan biror narsa so‘ragandan keyin uning sababini ham qilish kerak ekan. Men hali ishlamayman yoshroqman. Oilada hoz menga ortiqcha pul yo‘qroq. Shunga men bilgan o‘yinda pul ishlash mumkin. O‘yinda qumor bilan emas. Pul tikish bilan ham emas. Shunday kiber turnirlarda qatnashib. Shunga o‘zimga kerak summani chiqarib olib keyin o‘chirib tashlasam bo‘ladimi? Men oldin bu o‘yinni boshqa benomozlarga o‘ynamanglar gunoh deganman. Men bu hozir o‘ynayman degan mazmundagi gap aytganman. Shunga menga kafforat vojib bo‘ladimi. 3. O‘yinda yo biror joyda chizilgan yo yasalgan nomahramni ko‘rsa. Gunoh bo‘ladimi? Agar niyat unga qarash emas. Balki u odamni o‘yinda yutish bo‘sa. Bu gap aytishmadan maqsadim. Amalllar niyatga bog‘liq ekan deb eshitdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Va’da bermagan bo‘lsangiz ham bunday o‘yinlarni o‘ynamasligingiz kerak edi. Islom aqidasiga zid narsalarni targ‘ib qiladigan yoki avratlari ochiq suratlar bo‘lgan o‘yinlarni o‘ynash durust emas. Bunday o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mukofotli musobaqalarda garchi qimorga tushmasa ham o‘ynash joiz emas. Siz yoshligingizni videoo‘yinlar bilan o‘tkazib yubormang. Yoshlik bilim olib kelajak uchun poydevor quriladigan davr. Hozir ilm to‘plab, biror sohaning mutaxassisi bo‘lib olmasangiz o‘rta yoshga etganda jamiyatdan uzilib, keraksiz shaxsga aylanib qolishingiz hech gap emas. U paytda esa afsus-nadomat qilishga kech bo‘lgan bo‘ladi. Bu o‘yinlarni tashlashga irodangiz etmayotgan bo‘lsa buning sababini atrofingizdagi insonlardan, do‘stlaringizdan qidirib ko‘ring. O‘yinqaroq, dangasa va bekorchilar bilan do‘st bo‘lib yursangiz siz ham ularga o‘xshab qolasiz. O‘qimishli yigitlar bilan do‘st bo‘lsangiz o‘z-o‘zidan bunday o‘yinlarga qiziqishingiz yo‘qoladi.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 08:00 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar